
Bugun Andijon viloyati hokimi muhim bahs oldidan "Andijon" futbolchilari bilan uchrashadi
Avval xabar berganimizdek ertaga Pro-liganing 33-tur markaziy bahsi Andijonda - “Andijon”-“Surxon” jamoalari o‘rtasida kechadi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha bugun shaxsan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu muhim uchrashuv oldidan “Andijon” futbolchilari bilan uchrashadi. Yig‘ilik soat 17:00ga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu o‘yin ertaga “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etilishi haqida ma’lum qilgan edik. “Andijon” – “Surxon” o‘yini soat 15:00da boshlanishi belgilangan. Ha aytgancha, ertangi o‘yinga kirish mutlaqo bepul.
Ma’lumot uchun, “Andijon” Pro-liganing o‘tgan 32ta tur yakunlariga ko‘ra 54 ochko bilan “A” guruhida peshqadamlik qilmoqda. “Surxon” hisobida esa 50 ochko mavjud va ular hozircha jadvalning 4-pog‘onasidan joy olishgan.
Fikrlar