
Pro-liganing 33-tur markaziy bahsi - "Andijon"-"Surxon" uchrashuvi "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi
Avval xabar berganimizdek ertaga Pro-liganing navbatdagi 33-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Ushbu turning markaziy bahsi Andijonda mahalliy “Andijon” hamda Termizning “Surxon” jamoalari o‘rtasida kechadi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu o‘yin ertaga “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Ushbu uchrashuv soat 15:00da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Andijon" klubi rahbariyati ushbu bahga kirishni bepul etib belgilagani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar