
Pro-liganing 33-tur markaziy bahsiga kirish bepul etib belgilandi
Xabaringiz bor, 3 noyabr kuni Pro-liganing "A" guruhida 33-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash lozimki, turning markaziy uchrashuvi Andijondagi «Sog‘lom avlod» o‘yingohida kechadi. Shu kuni Superliga yo‘lida kurashayotgan «Andijon» jamoasi bu yo‘ldagi printsipial raqiblaridan biri bo‘lgan Termizning «Surxon» jamoasini qabul qiladi.
«Andijon» va «Surxon» jamoalari ishtirokidagi o‘yinni hozirdan aytish mumkinki, qiziqarli va jangavor tarzda o‘tadi. Bo‘lajak bahsda tabiiyki «Andijon»ni faqat va faqat g‘alaba qoniqtiradi. Shunday ekan jamoaning ashaddiy ishqibozlaridan ham yuqori saviyadagi muxlislik talab etiladi.
Shu munosabat «Andijon» futbol klubi ma’muriyati «Andijon» - «Surxon» uchrashuviga muxlislarning kirishini bepul etib belgiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, «Andijon» - «Surxon» uchrashuvining boshlanish vaqti soat 15:00ga belgilangan.
Fikrlar