Bugun EChLda markaziy bahs "Enfild"da bo‘ladi

  • 18 sentabr, 2018, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropada klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa – Chempionlar ligasining yangi mavsum karvoni yo‘lga chiqadi. Muxlislar esa ilk turdanoq grand jamoalar to‘qnashuviga guvoh bo‘lishlari mumkin. “Liverpul” – PSJ bahsi ham shular jumlasidandir.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Liverpul” va PSJ jamoalari tarixda faqat bir marta to‘qnash kelishgan. Ushbu uchrashuv bundan 21 yil muqaddam Kubok egalari kubogi yarim finali doirasida o‘tkazilgan. O‘shanda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar g‘alaba qozonishgan.

- Har ikkala jamoa ham o‘z milliy chempionatlarida bu mavsum o‘tgan 5ta turning barchasida g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdi.

- “Liverpul” 12ta o‘yindan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmayapti. Ular so‘nggi bor joriy yilning 21 yanvarida mag‘lubiyatga uchrashgan.

- PSJ ketma-ket 6ta o‘yindan buyon har bir uchrashuvda raqiblari darvozasiga kamida 3ta gol urmoqda.

- Uchrashuvning yana bir e’tiborli jihati “Liverpul” va PSJ bosh murabbiylarining so‘nggi ish joylari Dortmundning “Borussiya” klubi bo‘lgan edi.

"Liverpul" – PSJ

Stadion: "Enfild" (Liverpul, Angliya)

Boshlanish vaqti: 00:00

Bosh hakam: Jyuneyt Chakir (Turkiya)

Taxminiy tarkiblar:

"Liverpul": Alisson – Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Milner, Xenderson, Veynaldum, Saloh, Mane, Firmino.

PSJ: Areolya – Mene, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Rabio, Markinos, De Mariya, Neymar, Kavani, Mbappe.

Baxtiyor TOShTEMIROV tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!