Bugun Frantsiyada karate bo‘yicha «Premer-Liga» musobaqasi start oladi

  • 25 yanvar, 2019, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Bugun Frantsiya poytaxti Parij shahrida karate bo‘yicha nufuzli «Premer-Liga» turniri boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev

-50 kg: Bahriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva

Murabbiylar: O‘ktam Bekpo‘latov, Dilnoza Bakirova.

Bugun Sadriddin Saymatov, Iqboljon Uzoqov, Dostonbek Otabolaev hamda Bahriniso Babaeva bahslarga kirishadi. Barno Mirzaeva esa ertaga o‘z omadini sinab ko‘radi.

Ma’lumot uchun, ushbu «Premer-Liga» turniri Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!