Bugun Isroil Madrimov va yana ikki bokschimiz ringga chiqadi

  • 6 iyun, 2018, 11:02
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha VI xalqaro "Prezident kubogi"ning ikkinchi kungi bellashuvlari start oladi.

Tecno

Musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida ikki nafar bokschimiz ringga chiqib, turnirni muvafaqqiyatli boshlagan edi. Bugungi bellashuvlarda esa yana uch nafar charm qo‘lqop ustasi musobaqalarga kirishadi.

Xotin-qizlar o‘rtasida -51 kg vaznda chiqadi Tursunoy Rahimova tailandlik Vannaprom Tatxip bilan kuch sinashadi.

Erkaklar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda Shunqor Abdurasulov (60 kg) qozog‘istonlik S.Toltaevga qarshi bahs olib borsa, Isroil Madrimov qozog‘istonlik A.Taleshni sinovdan o‘tkazadi.

Bokschilarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!