
Bugun "Ozodi"da OChL g‘olibi aniqlanadi
Bugun Eron poytaxti Texron shahridagi mashhur “Ozodi” stadionida Osiyo chempionlar ligasi finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash kerakki, hal qiluvchi bahsga Yaponiyaning “Kashima Antlers” hamda Eronning “Persepolis” klublari etib kelishgan edi. Ushbu jamoalarning Yaponiyada o‘tgan ilk bahsida 0:2 hisobida “Kashima Antlers”ning qo‘li baland kelgan edi.
Bugungi hal qiluvchi javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar