Bugun “Qo‘qon-1912” oq, "Buxoro" to‘q-ko‘q rangli liboslarda o‘ynaydi
Xabaringiz bor, Bugun O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida "Buxoro" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.
Biroz oldin Buxorodagi “Buxoro sport majmuasi”da har ikki jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bugungi o‘yindagi tashkiliy masalalar va jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishlari kelishib olindi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra bugun qo‘qonliklar oq rangli liboslarda, mezbonlar esa to‘q-ko‘k rangli liboslarda maydonga tushadigan bo‘ldilar.

Fikrlar