Bugun Turkiyada O‘zbekiston va Armaniston chempionlari o‘zaro maydonga tushishadi
Xabaringiz bor Toshkentning "Lokomotiv" klubi shu kunlarda Turkiyaning Belek shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra "temiryo‘lchilar" bugun mazkur yig‘in doirasidagi ikkinchi nazorat bellashuvida maydonga tushishadi.
"Lokomotiv"ga bu safar Armanistonning "Alashkert" klubi raqiblik qiladi. Mazkur jamoa so‘nggi 2 yildan buyon o‘z mamlakatida chempionlikni hech kimga bermay kelmoqda. 1990 yilda asos solingan "Alashkert" so‘nggi yillarga kelib arman futbolining etakchi klubiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada ushbu jamoa 3 mavsumdan buyon Evrokuboklarda ham ishtirok etmoqda.
"Lokomotiv" – "Alashkert" bellashuvi bugun Belekdagi "Calista" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan 20:30da start oladi.

Fikrlar