"Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida "Obod" darvozasiga javobsiz 2ta to‘p yo‘llab g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq Toshkentning “Obod” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida bugun  navbatdagi nazorat uchrashuvini "Buxoro" jamoasiga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Hozirgina o‘z yakuniga etgan o‘yinda buxorolik futbolchilar "Obod" darvozasiga javobsiz 2ta to‘p yo‘llab, g‘alaba qozonishdi. 

Uchrashuvda “Buxoro”da ko‘rikdan o‘tayotgan Murod Holmuxamedov hisobni ochgan bo‘lsa, Mirfayz Muxiddinov “Buxoro”ning ikkinchi to‘pini kiritib, yakunda “Buxoro”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini tahminladi.

Jamoalar quyidagi tarkibda harakat qilishdi:

“Obod” : Ruslan Matniyozov, Farxod Miraxmatov, Anvar G‘ofurov, Abror Husinov, Sunnat Ermatov, Sardor Kahhorov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hasanov, Pavel Solomin, Sanjar Rixsiboev, Shohruz Norxonov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Shirinboy Abdullaev, Sherzod Jalilov, Abbos Po‘latov, Mirshoxid Olimov, Sanjar Turakulov, Sunnat Abdullajonov, Dilmurod Ikromov,

“Buxoro”: Asilbek Amonov, Aleksandr Merzlyakov, Murod Xolmuxamedov, Mirjalol Jumaev, Mirjalol Qurbonov, San’at Shixov, Alisher Sanoev, Salamat Qutiboev, Zohir Pirimov, Bahodir Pardaev, Jamoliddin Ubaydullaev.

Zahiradan maydonga tushganlar: Shohjahon Nasimov, Nozim Umurov, Suxrob Nematov, Mirfayz Muxxiddinov, Xurshid Alimov, Islom Xaliqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!