CAFA U-16 Championship. O‘zbekistonning g‘oliblik uchun imkoniyati qanday?

  • 7 iyul, 2018, 22:34
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida CAFA U-16 Championship turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun makzur musobaqaning 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston o‘smirlar termasi bugun qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borgani va unda vakillarimiz 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Biroz oldin esa tur doirasidan o‘rin olgan Tojikiston hamda Afg‘oniston o‘smirlar termalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Mazkur qarama-qarshilikda Firuz Nazarovning avtogoli tufayli janubiy qo‘shnilarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

  • 17:00'
  • Shu tariqa, 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘argan Usmon Toshev shogirdlari muddatidan oldin musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi, hisob. Ular 1-turda Afg‘onistonni 4:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan edilar. Nazariy jihatdan Afg‘onistonda "kambek" qilib, bosh sovringa ega chiqish uchun imkoniyat bor.

    3-turda yigitlarimiz mag‘lub bo‘lib, Afg‘oniston Qirg‘izistondan kamida 9 ta to‘p farqi bilan ustun kelgan taqdirdagina afg‘onlar turnir g‘olibiga aylanishadi. Biroq bunisi fantastika!

    jadval25

     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!