
"Chelsi" "Barselona"ning Villian borasidagi 3-taklifini ham rad etdi
Londonning “Chelsi” klubi o‘zining braziliyalik xavbeki – Villianning transferi borasida “Barselona”dan kelgan navbatdagi taklifni ham rad etdi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchi uchun “aristokratlar”ga 55 mln funt va’da qilishgan. Biroq, londonliklar “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi uchinchi taklifiga ham rad javobini berishgan.
Eslatib o‘tamiz, Villianga shuningdek “Manchestera Yunayted” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar