"Chelsi" David Luisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 02.10.2018 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luis ushbu jamoa bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

London Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 32 yoshli braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Mauritsio Sarri “Chelsi” boshqaruviga kelgach Antonio Konte davrida zaxiraga mixlanib qolgan Luis yana asosiy tarkibga jalb etila boshladi.

Ma’lumot uchun, David Luisning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!