“Chelsi” Konteni ishdan bo‘shatmasligi mumkin, chunki...
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Konteni o‘z lavozimidan ozod etish bo‘yicha kelisha olmayapti.
Football Italia nashrining xabar berishicha italiyalik mutaxassis shartnomaning muddatidan avval bekor qilinayotgani uchun “aristokratlar”dan 11 mln evro maosh talab qilmoqda. Biroq, londonliklar uning bu talabini bajarishmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, “Chelsi” allaqachon Kontening o‘rniga keladigan Mauritsio Sarri bilan kelishuvga erishib bo‘lgan.

Fikrlar