"Chelsi" Konteni nega iste’foga chiqargani ma’lum bo‘ldi

  • 13.07.2018 20:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniya nashrlari italiyalik mutaxassis Antonio Kontening “Chelsi” boshqaruvidan iste’foga chiqarilishiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qilishdi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” rahbariyati 48 yoshli mutaxassis bilan doimiy ravishda yuzaga kelgan mojarolar sabab xayrlashishga qaror qilishgan.

Aytish lozimki, Konte bundan tashqari ispaniyalik hujumchi Diego Kostaning ham jamoadan ketishiga sabab bo‘lgan edi. O‘tgan mavsum esa braziliyalik himoyachi David Luiz bilan kelisha olmay qolgani tufayli uni umuman maydonga tushirmay qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!