
"Chelsi" darvozabonini sotishga rozi bo‘ldi
Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Asmir Begovich katta ehtimol bilan faoliyatini “Bornmut”da davom ettiradi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 29 yoshli bosniyalik golkiper borasida yuborilgan 10 mln funtlik taklifga rozilik bildirgan. Endi Begovich “Bornmut” bilan o‘zaro kelishib olsa va tibbiy ko‘rikdan o‘tsa bo‘lgani.
Eslatib o‘tamiz, "Bornmut" shuningdek "Chelsi"ning yana bir a’zosi - Natan Akeni ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bornmut" "Chelsi"ga ikkita futbolchisi uchun 30 mln funt taklif qilmoqchi>>>
Fikrlar