“Chelsi” mashg‘ulotlarga kirishdi, ammo Konte yo‘q

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning JCh-2018 da ishtirok etmagan futbolchilari mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Biroq o‘sha xabarda Antonio Konte umuman tilga olinmagan va ilova qilingan suratlarda ham italiyalik mutaxassis ko‘rinish bermagan.

Vaholanki, Konte hamon “Chelsi” ustozi sanaladi. Ilgariroq OAVda Konte jamoani tark etishi va uning o‘rnini “Napoli” sobiq ustozi Mauritsio Sarri egallashi aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!