"Chelsi"ning taklifi "Yuventus"ni qoniqtirmadi

  • 19 iyul, 2018, 18:40
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi o‘zining ikki etakchi futbolchisi – himoyachi Daniele Rugani hamda hujumchi Gonsalo Iguainlarning transferi borasida “Chelsi”dan kelgan taklifni rad etdi.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklarning bu boradagi 90 million evrolik taklifi “keksa sinora”ni qoniqtirmagan. Turin super klubi Rugani va Iguainni 100 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ikki futbolchining transferini ular bilan A Seriyada birga faoliyat olib borgan va ayni damda “Chelsi”bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan Mauritsio Sarri jamoa rahbariyatidan talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!