Cherchesov Rossiya terma jamoasi tarixida yangi sahifa ochdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Shvetsiyaga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning asosiy tarkibida 4ta mahalliylashtirilgan futbolchini tushirdi.
Aniqrog‘i, shu kuni o‘yinni darvozabon Gilerme va himoyachi Mario Fernandes (ikkalasi asli braziliyalik), Roman Noyshtedter hamda Konstantin Raush (ikkalasi asli germaniyalik) kabi futbolchilar asosiy tarkibda boshlashdi.
E’tiborlisi, bu uchrashuv Rossiya terma jamoasi tarixida bir vaqtning o‘zida maydonda eng ko‘p mahalliylashtirilgan futbolchilar harakat qilgan o‘yin bo‘ldi.
Fikrlar