
Chiro Immobile 21 asrda hech kim qilmagan ishni uddaladi
Italiya A Seriyasi 11-turida “Latsio” jamoasi safarda “Benevento” futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi va 5:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yinning 13-daqiqasida rimliklar hujumchisi Chiro Immobile o‘z nomini tabloga yozirib qo‘ydi. Bundan tashqari, u o‘yin davomida 3 ta golli pasga mualliflik qildi.
Italiyalik futbolchi A Seriya 11-turidan so‘ng 14 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi. Chiro Immobile Italiya chempionatida 21-asr davomida 11 turdan so‘ng 14 ta gol urgan ilk futbolchi sifatida qayd etildi.
Fikrlar