Davron Fayziev: Mana shunday uchrashuvlar ko‘payishi Oliy ligamiz saviyasi oshishiga xizmat qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi. 
-Avvalo, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin ishqibozlarda yaxshi taassurot qoldirdi, deb o‘ylayman. O‘yin haqiqiy jangovor ruhda o‘tdi. Ehtiroslarga boy bo‘lgan o‘yin bo‘ldi. Bugungi uchrashuvga biz ham jiddiy tayyorlangandik. So‘nggi yillarda “So‘g‘diyona” qo‘qonliklar uchun noqulay raqib sanalib kelayotgandi. Bugun qo‘qonliklar noxush an’anaga chek qo‘yishdi. 
Mana shunday uchrashuvlarning ko‘payishi chempionatimiz saviyasini oshishiga xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!