De Bryoynening qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne safga qaytishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra belgiyalik futbolchi bugun jismoniy holat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Agar hammasi ko‘ngildagidek kechsa, De Bryoyne 20 oktyabr kuni “Byornli”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APLning 9-turida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kevin De Bryoyne avgust oyi o‘rtalarida jarohat olgan va shifokorlar uni kamida 3 oy maydonga tusholmasligini aytishgan edi. Biroq, u kutilganidan tezroq sog‘aydi.



Fikrlar