
De Ligt "Golden Boy" mukofotiga sazovor bo‘ldi
Amsterdamning “Ayaks” klubi himoyachisi Matteys de Ligt 2018 yilgi Golden Boy sovrinini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozimki ushbu mukofot Tuttosport nashri tomonidan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchiga beriladi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli de Ligt “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozircha Gollandiya terma jamoasida esa 13ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi.
Fikrlar