
Debyutant jangchimiz chempionni 15 soniyada ag‘dardi
Bugun Qirg‘izistonda WEF Global turniri bo‘lib o‘tmoqda. MMA bo‘yicha Osiyo chempioni sanalgan hamyurtimiz Azamat Bahodirzoda ham bugun o‘zining ushbu turnirdagi ilk jangini o‘tkazdi.
Debyut jangida unga mezbonlar vakili Nurlan Toktobakiev raqiblik qildi. Ushbu turnirning amaldagi g‘olibi bo‘lgan raqibini yurtdoshimiz 15 soniyada nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan oldin ushbu turnirda Murod Xanturaev mag‘lub bo‘lgani, Nursulton Ro‘ziboev esa o‘z kamarini saqlab qolgani borasida xabar bergan edik.
Fikrlar