Dele Alli: "Kamp Nou"da o‘ynashni bolaligimdan orzu qilaman

  • 10 dekabr, 2018, 17:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli joriy hafta “Kamp Nou”da Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Barselona” – dunyoning eng zo‘r klublaridan biri. Bolaligimdan “Kamp Nou”da o‘ynashni orzu qilaman. Biz u erda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Menda biroz shamollash bor edi, ammo hozir axvolim u qadar yomon emas. Qolaversa, shamollash meni to‘xtata olmaydi. Har bir futbolchi bunday afsonaviy jamoalarga qarshi o‘yinda ishtirok etishni va buyuk futbolchilarga qarshi to‘p surishni xohlaydi. Bu o‘yinda bizga qiyin bo‘lishi aniq, lekin biz ham bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - deydi angliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!