Depay futbol yulduziga aylanadi
"Liverpul" tarkibida to‘p surayotgan Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum yaqinda Angliya premer-ligasini tark etgan hamyurti Memfis Depay haqida gapirdi.
- Depayning "Lion"ga ketgani qiziq ish bo‘ldi, - dedi Jorjino Veynaldum. Depay dunyoning eng kuchli futbolchilardan biri bo‘lish maqsadida "Manchester Yunayted"da ham ko‘p mehnat qilardi. Biroq, Depay tushgan holat ko‘p futbolchilarning boshidan o‘tgan. U ko‘proq o‘yin o‘tkazashi kerak. Futbolchilarni futboldan tashqaridagi holati uchun tanqid qilish noo‘rindir.
Depay Frantsiya chempionatiga tez moslashib ketdi. "Lion" tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan hujumchi birinchi golini ham kiritdi.
SPORTS.uz

Fikrlar