Dibala: O‘ylaymanki Ronaldu bilan birga hali ko‘p gollar uramiz

  • 15.11.2018 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala ushbu jamoadagi niyatlari katta ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“Yuventus”da maqsad bitta – sovrinlar yutish. Ha, bu mavsum Chempionlar ligasida yanada kuchliroq o‘ynashga harakat qilamiz, ammo baribir asosiy maqsadimiz bu ichki chempionat bahslari bo‘lib qolaveradi.

Bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Ronaldu bizga bu borada katta imkoniyat beradi. U zo‘r futbolchi va biz birgalikda juda ajoyib o‘yin namoyish etayapmiz.

Biz Ronalduning kelganidan xursandmiz. Uning jamoamizga kelganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo bunga ham biz uning qanday buyuk futbolchi ekanligini va qanday o‘yin ko‘rsatishini bilardik. O‘ylaymanki, biz Ronaldu bilan birga hali ko‘plab gollar uramiz”, - deydi argentinalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!