
Dibala: Ronaldu va Messi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala hamyurti Lionel Messi va jamoashi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o‘tdi.
“Men ham Ronaldu, ham Messi bilan birga o‘ynaydigan dunyodagi yagona futbolchiman. Shu bois aytishim mumkinki, ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, chunki ularning ikkalasi ham ajoyib futbolchilardir. Ayniqsa, Ronaldu bilan birga o‘ynash davomida uning naqadar faol ekanligi va mashg‘ulotlarga zo‘r berishini ko‘rib hayron qoldim.
Albatta shunday futbolchi jamoada bo‘lgach boshqalar kamroq gol urishadi. Lekin men uchun eng muhimi bu - jamoaning g‘alabasi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Fikrlar