Dibala "Yuventus" tarixiga kirdi

  • 17 sentabr, 2017, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala ayni damda davom etayotgan “Sassuolo”ga qarshi bahsda hisobni ochishga muvoffaq bo‘ldi.

Tecno

Qayd etish lozimki, 23 yoshli argentinalik futbolchi bugun o‘zining “Yuventus” tarkibidagi 100-uchrashuvida maydonga tushdi va 50-golini kiritdi.

Bundan tashqari u Italiya A Seriyasining dastlabki 4ta turida ham gol kiritishni uddalagan “Yuventus”ning birinchi futbolchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz,  Dibala bundan avval “Kalyari” (3:0), “Jenoa” (4:2) va “Kevo” (3:0) klublari darvozasini ham ishg‘ol etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!