Dibala hech qaerga ketmaydi, u Ronaldu bilan raqobatlashmoqchi

  • 13 sentabr, 2018, 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala jamoaga Krishtianu Ronaldu kelgach asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Biroq, u shunga qaramay “Yuve”da qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi.

Tecno

“Tan olaman. Mavsumni xuddi 2016, 2017 yillardagi kabi omadli boshlay olmadim. Lekin, baribir “Yuventus”da qolmoqchiman. Bu erda o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchiman”, - deydi Dibala.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ko‘plab OAVlar Dibalani qishda jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqatgan edi. Argentinalik futbolchiga "Real" va "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 2ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!