Dibala xatosini tan oldi
Joriy hafta Chempionlar ligasi 3-turi doirasida safarda "Manchester Yunayted" (1:0) darvozasini ishg‘ol etib, “Yuventus”ga g‘alaba keltirgan hujumchi Paulo Dibala o‘z xatosini tan oldi. Eslatib o‘tish lozimki, Dibala o‘sha uchrashuvda zaxiraga olingani uchun norozi bo‘lgan edi.
“Men unchalik xursand emasdim, chunki, hamma o‘ynashni xohlaydi, hech kim maydondan chiqib ketishni xohlamaydi. Ba’zan bunday vaziyatda adrenalin ta’sirida kutilmagan reaktsiyalar sodir bo‘lib turadi. Bu noto‘g‘riligini bilaman. Men ushbu almashtirishni to‘g‘ri qabul qilishim lozim, chunki murabbiyda boshqa variantlar ham juda ko‘p va unga ham oson emas. Men qilgan xatoimni tan olaman, lekin ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Fikrlar