Dibalaning haridori yana bittaga ko‘paydi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibalaga faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant paydo bo‘ldi. The Sun nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli argentinalik forvardning xizmatlariga “Manchester Yunayted” klubi ham jiddiy qiziqa boshlagan.
Avvalroq, Madridning “Real”i Dibala uchun 105 million evrodan voz kechishga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari “yangi Messi” deya ta’riflanayotgan Dibala “Manchester Siti” va “Barselona” kabi klublarning ham oromini o‘g‘irlagan. Ammo, futbolchining o‘zi “Yuventus”ni tark etishni istamayotganligini bildirgan va turinliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi a’zosi ushbu mavsum Italiya A Seriyasining 17ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar