
Diego Kostaning qora kunlari ortda qoldi
Angliya Kubogi nimchorak finalida mamlakat chempionati peshqadami “Chelsi” safarda Chempionship a’zosi “Vulverxempton” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 65-daqiqasida Pedro, 89-daqiqasida Diego Kosta tomonidan kiritilgan gollar “aristokratlar”ni chorak finalga olib chiqdi.
Kosta 22 yanvardan buyon “Chelsi”da birinchi golini kiritdi. O‘shanda kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan ispaniyalik futbolchi Angliya chempionati doirasida “Xall Siti” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
“Vulverxempton” darvozasiga kiritilgan goldan keyin Diego Kosta 413 daqiqalik golsiz seriyasiga yakun yasadi.
Fikrlar