Dmitriy Bivol Saul Alvares bilan ringga to‘qnash kelishi mumkin

  • 23.01.2019 15:35
  • 0
  • Boks

Yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari sohibi rossiyalik Dmitriy Bivol meksikalik Saul Alvares bilan bo‘lishi kutilayotgan ikkinchi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Agar men Jo Smitga borsam, albatta bundan so‘ng ikkinchi o‘rta vazn toifasida kamarlarni birlashtiruvchi yoki chempionlik jangini xohlayman. Bu muhimi emas, men o‘rta vaznda David Benavides yoki Saul Alvares bilan urushaman. Agar Alvares bu vaqtda chempion bo‘lsa, men u bilan uchrashishni istagan bo‘lardim, – deydi rossiyalik bokschi YouTube’dagi DAZN striming tizimi kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 15 dekabrida Saul Alvares ikkinchi o‘rta vaznda Rokki Fildingni mag‘lub etib, WBA Regular chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!