
Doston Tursunovga yapon klubiga o‘tishni kim maslahat berdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Doston Tursunov joriy hafta Yaponiyaning birinchi divizioni vakili – “Renofa Yamaguchi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. SPORTS.uz sayti muhbiri esa ushbu futbolchi bilan bog‘lanib, uning bu boradagi fikrlari bilan suhbatlashdi.
Iste’dodli futbolchimiz suhbat davomida yapon klubiga o‘tishni unga kim masalahat berganini ham aytdi.
- Doston, Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi” klubi bilan shartnoma tuzganingiz ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi. Ayting-chi, sizni kunchiqar yurtga etaklagan narsa nima bo‘ldi?
- Yaponiyaliklarning qiziqishi haqida aytishdi va u erga bordim. Yaponiyaga meni nima etakladi? Yaponiya futboli shaxsan o‘zimga yoqadi. U erda Fozil Musaev ham o‘ynaydi. Fozil aka Yaponiyada o‘zingni ko‘rsatsang, bu erdan Evropaga ketishing osonroq bo‘ladi degani uchun ushbu taklifni tanladim.
Doston Tursunov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qiysiz.
Fikrlar