Dragan Cheran: "Nasaf" jiddiy qarshilik ko‘rsatadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi. "Sherlar" a’zosi Dragan Cheran sobiq jamoasi bilan o‘yin xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Turnir jadvalidagi ahamiyatiga qaramay, o‘yinga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Ketma-ket omadsiz uchrashuvlardan keyin muxlislar qarshisida chiroyli futbol namoyish etishni xohlaymiz. Uchrashuvga yaxshi hozirlik ko‘rmoqdamiz. Jamoadoshlarim mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ishlamoqda. Biz o‘zimizga kela olishimizni ko‘rsatamiz.

"Nasaf" jiddiy qarshilik ko‘rsatishiga shubha yo‘q. Bu jamoada o‘ynaganim uchun ularni yaxshi bilaman. Bellashuv qiziqarli va keskin o‘tib, muxlislarga yoqadigan tarzda o‘tishini kutaman", - deb Cheranning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!