
Draksler “Kyoln”ga ko‘chib o‘tdi
"Midtyulland" klubi yarim himoyachisi Dominik Dreksler faoliyatini "Kyoln"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “echkilar” 28 yoshli futbolchining transferi uchun 4,5 mln funt sarflashgan. Draksler esa yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, "Midtyulland" Drakslerni bundan bor yo‘g‘i uch hafta avval ikkinchi divizionda ishtirok etuvchi "Xolshtayn Kil" klubidan 2,5 million evroga xarid qilgan edi.
Fikrlar