Duglas Kostani jiddiy jazo kutmoqda (video)
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta kecha A Seriyaning "Sassuolo"ga (2:1) qarshi kechgan bahsida raqib futbolchisi Federiko Di Francheskoning yuziga tupurgani uchun jiddiy jazoga tortilishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra Kosta 5ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar ushbu jazo kuchga kirsa 28 yoshli futbolchi "Frozinone", "Bolonya", "Napoli", "Udineze" va "Jenoa"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar