Dzyudo. Osiyo chempionatining 2-kunida to‘rtta medal!

  • 12 may, 2018, 09:55
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

 

Livanda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqa Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim bo‘lgan qimmatli ochkolarni taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Qit’a chempionatining ikkinchi kunida yosh dzyudochilarimiz to‘rtta medal qo‘lga kiritishdi. Abdulaziz Abdulazizov (-73kg), Farangiz Xolmurodova (-63 kg), O‘rinboev Ozod (+90kg) kumush, Shoxboz Umrzoqov (-81kg) esa bronza medali sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, dzyudochilarimiz 31 iyulga qadar mana shunday musobaqalar orqali reyting ochkolarini jamlab borishadi. Aynan 31 iyuldan so‘ng reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan sportchilar Argentinaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!