
Dzyudo. Toshkent Gran prisi oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi (Video)
Bugun poytaxtimizdagi “Whyndham” mehmonxonasida ertaga start oladigan dzyudo bo‘yicha navbvtdagi Gran pri musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqada ro‘yxatdan o‘tgan barcha sportchilar turnirdagi ilk raqiblarini bilib olishdi. Jami 14 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada 200 dan ziyod ishtirokchi bahs olib boradi. O‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lgan dzyudochi jahon reytingi uchun 700 reting ochkosini qo‘lga kiritadi.
Reglamentga ko‘ra, musobaqa mezboni har bir vazn toifasida 4 nafardan sportchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkinligini inobatga olsak, 3 kun davom etadigan musobaqda jami 56 nafar hamyurtimiz ishtirok etadilar.
Rahmatova Yulduz tayyorladi
Quyida ushbu marosim aks etgan lavhani tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar