Dzyudochilarimiz shohsupa ostonasidan ortga qaytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Turkiyaning Antalya shahrida yakunlangan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirining so‘nggi kunida uch nafar hamyurtimiz bronza medal uchun tatamiga chiqdi.

90 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan Shahzod Sobirov sovrindorlar qatoridan joy olish uchun rossiyalik Magomed Magomedov bilan raqobatlashdi. Bu bahsda hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Mirzohid Farmonov: Yarim finalda G‘iyosjonni kutgandim

Gran-pri turnirining bronza medaliga da’vogarlik qilgan yana bir polvonimiz - Soyib Qurbonov hal qiluvchi bellashuvda yana bir rossiyalik dzyudo ustasi Ilyos Niyozovning qarshiligini sindira olmadi va mag‘lubiyatini tan oldi.

Shahzod Sobirov shohsupa ostonasida turibdi

Vazni 78 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochi qizlar musobaqasida qatnashgan Kumushxon Yo‘ldosheva qozog‘istonlik Zarina Raifovadan engildi va bronza medaldan quruq qoldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!