
EChL: “Bavariya” – “Real”. Taxminiy tarkiblar
Xabaringiz bor, kecha uzoq kutilgan EChL chorak final o‘yinlari start oladi. Unda Turinda “Yuventus” “Barselona” yirik hisobda mag‘lub etdi. Bugun esa Myunxenda “Bavariya” “Real” bilan kuch sinashadi.
Ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Shu sababli SPORTS.uz internet axborot portali mazkur bellashuvda tomonlarning taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi.
Quyida “Bavariya” va “Real”ning dastlabki daqiqalardan maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
“Bavariya”: Sven Ulrayx, David Alaba, Jerom Boateng, Xavi Martines, Filipp Lam, Arturo Vidal, Xabi Alonso, Tyago Alkantara, Frank Riberi, Aren Robben, Duglas Kosta.
“Real”: Keylor Navas, Daniel Karvahal, Serhio Ramos, Nacho, Marselo, Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” – “Real” uchrashuvi 23:45da start oladi.
Fikrlar