Eddi Xirn: Usik - Belyu qarama-qarshiligi Angliyada 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

  • 29 avgust, 2018, 17:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC chempioni Toni Belyuning promouteri Eddi Xirna WBA, WBC, WBO va IBF bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida (90,71 kg) mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikga qarshi qachon va qaerda ringga ko‘tarilishi haqida aytib o‘tdi.

- Belyu - Usik qarama-qarshiligi birinchi og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Toni chempionlik kamari uchun kurashmoqda shu sababdan ham u og‘ir vaznda jang qilmaydi.

Katta ehtimol bilan bahs 10 noyabr kuni Manchester, Liverpul yoki Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bir necha kundan so‘ng shartnoma imzolaymiz degan umiddaman, - dedi Xirna.

Eslatib o‘tish joizki, Usik iyul oyida WBSS chempioni Murat Gassievni mag‘lub etib mutloq chempion nomiga sazovor bo‘ldi. 

Toni Belyu esa ohirgi jangida Devid Xeyni nokautga uchratgandi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!