Eden Azar ikki oyga safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar jarohat oldi va Belgiya terma jamoasining yaqin vaqt ichidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Futbolchi ushbu jarohatni milliy termasining navbatdagi mashg‘ulotlaridan birida olgan. Sky Sports nashrining yozishicha, 26 yoshli futbolchining sog‘ayishi uchun 6 haftadan 8 haftagacha vaqt kerak bo‘ladi.

Belgiya termasi 5 iyun kuni Chexiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazsa, 9 iyun kuni Estoniya bilan JCh-2018 saralash doirasida maydonga chiqadi.

Ortda qolgan mavsumda Azar “Chelsi” tarkibida Angliya chempioniga aylandi. U barcha musobaqalarda 43 o‘yinda maydonga tushib, 17 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!