El-klasiko sanasi va vaqti ma’lum qilindi
Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Real” jamoalari o‘rtasidagi el-klasikoning kuni va boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra butun Er kurrasi intiqlik bilan kutadigan ushbu uchrashuv 28 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:15da (Toshkent vaqti bilan 20:15) boshlanadi.
26-turdan o‘rin olgan javob bahsi esa 2019 yilning 3 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar