"Empoli" rahbariyati g‘alati ish qildi

  • 06.11.2018 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Empoli" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Aurelio Andreatstsolining iste’foga chiqarilgani haqida e’lon qildi.

Qizig‘i shundaki, jamoa rahbariyati uni 65 yoshli yubileyini nishonlayotgan kunda o‘z lavozimidan ozod etdi. Ma’lumotlarga qaraganda “Empoli”ga endi "Sampdoriya", "Palermo", "Udineze" va "Sassuolo" klublaridagi faoliyati bilan tanilgan mutaxassis Juzeppe Yakini ustozlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning o‘tgan 11ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!