Endi Skoulz ham murabbiylik qiladi
"Manchester Yunayted" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Angliyaning "Oldxem" klubini boshqaradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 44 yoshli mutaxassis yaqin soatlar ichida ushbu lavozimga rasman tayinlanadi va bu borada rasman e’lon qilinadi.
E’tiborlisi, "Oldxem" Skoulz uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk jamoa bo‘ladi. Ushbu jamoa ayni damda Angliya 4-divizionida 15-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar