Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yangi rekord o‘rnatildi

CHERY AUTO

 

Tecno

Kecha, 27 mart kuni Toshkentda engil atletika bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun O‘zbekiston chempionati boshlanganligi haqida xabar berilgandi.

Musobaqaning birinchi kunida 17 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizlar o‘rtasida bosqon (3 kg) uloqtirish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Rigina Adashboeva 62,64 m natija qayd eta oldi. Rigina ushbu natijasi bilan O‘zbekistonning yangi rekordini o‘rnatdi.

Bungacha rekord 2014 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, Gulruhsora Hoshimova bosqonni 53,54 metrga uloqtira olgandi. Demak, Rigina Adashboeva bu boradagi natijani 9 metrga yaxshilay oldi.

Ma’lumot uchun, Rigina Adashboeva Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-BO‘SMda murabbiy Sanjar Rahmonov qo‘l ostida shug‘ullanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!