
Erik Lamela “Tottenxem”dan kelgan joyiga qaytib ketishi mumkin
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Erik Lamela tez orada jamoadan ketishi kutilmoqda. Infobae nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli argentinalik futbolchi “River Pleyt”ga qaytib ketishi mumkin.
“Shporlar” bosh murabbiyi Mourisio Pochettinoning so‘zlariga ko‘ra Lamela qattiq ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Aytish kerakki, dastlab futbolchining akasi jiddiy avtoxalokatga uchradi, so‘ngra uning sevimli iti o‘ldi.
Ma’lumot uchun, Lamela asli “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi jarohati sabab o‘tgan yilning oktyabridan buyon maydonga tushmadi. U bu mavsum “Tottenxem” safida jami 14ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Комментарии