Ernesto Valverdening “Barselona“dagi 5 xatosi

  • 27 sentabr, 2018, 10:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biz esa bugun Valverdeni “Barsa“da qilayotgan xatolariga qisqacha to‘xtalsak.

Tecno

valverde loading

1) Valverde “Barselona”ga kelgach, akademiyaga katta e’tibor berishi haqida jar soldi, lekin asosiy e’tibori transferdagi o‘rtamiyona o‘yinchilarga qaratildi. O‘tgan mavsum yoshlar jamoasidan olingan Arnais ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi, lekin murabbiy unga ko‘p imkoniyat bermadi. Ayni paytda ham yoshlar jamoasida Riku Puig, Xuan Miranda, Karlos Alenya singari yaxshi saviyadagi futbolchilar bor, ammo...

2) Valverde oldingi jamoalarida 4-2-3-1, 4-4-2, 4-3-2-1 sxemalarini tanlagani va o‘tgan mavsumda uning “Barsa“da 4-4-2 sxemasini qo‘llashi EChLda samarasiz chiqqani e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu mavsumda kataloniyaliklar 4-3-3 sxemasiga qaytishdi, ammo jamoa hujumida va himoyasida jiddiy bo‘shliqlar hosil bo‘lmoqda. Valverde uchun yangi sxema notanishdek go‘yo.

3) Motivatsiya. Jamoa o‘rtamiyona, xatto autsayder jamoalar bn to‘qnashayotganda ham jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Aksariyat o‘yinlarda ishtiyoqsizlik va hotirjamlik natijasida “Barselona“ birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubormoqda. Ba’zida iroda ko‘rsata olmoqda ba’zida esa yo‘q.

La Liga. Kataloniya derbisida kuchlar teng keldi

4) Tushunarsiz rotatsiya. Valverde "Jirona"ga qarshi o‘yinda 4 ta rotatsiya qildi, lekin qolgan futbolchilarda o‘yin amaliyoti borligi uchun ham qizil kartochkagacha bu holat uncha sezilmadi. Biroq "Leganes"ga qarshi o‘yinda 2 tagina lekin "super" rotatsiya amalga oshirdi. Bu mavsum umuman maydonga tushmagan, 32 yoshli, tezligi bilan maqtana olmaydigan Vermalen tezkor Alba o‘rniga, va o‘yin amaliyotisiz jamoaga qayta to‘liq moslashib keta olmagan Munir. Vaziyatni to‘g‘irlash uchun yaqindagina jarohatdan qaytgan, formasini tiklanmagan Malkomni maydonga tashladi.

valverde and pique

Vaholanki, hujum triosida Koutino-Messi-Dembele, yarim himoyada Artur yoki Vidalni tushirishi, Alba o‘rniga tezkor yosh Mirandani sinab ko‘rishi ham mumkin edi.

 

La Liga. "Barselona" mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

5) Bir xil uslub va qaror qabul qilishdagi sustkashlik. Hujum chizig‘iga Koutinoning kelishi uning individual mahorati hisobiga biroz yangilik bo‘ldi. Lekin "Barselona"ning kombinatsion gollari tobora kamayib ketmoqda. Gollarning aksariyati futbolchilarning individual mahorati yoki Messining jarima zarbalari orqali kiritilmoqda.

O‘tgan mavsum "Roma" bilan o‘yindagi sustkashlik butun mavsumga tatigan bo‘lsa, so‘nggi uch o‘yinda bu an’analar davom etdi. PSV bn uchrashuv. 80-daqiqa, hisob 3-0 ko‘rinishiga kelgach ham futbolchi almashtirilishi yo‘q. Natijada Samuel Umtiti qizil kartochka olishi, hisob nozikroq bo‘lganida yoki raqib kuchliroq bo‘lganida vaziyat butunlay o‘zgarib ketishi ham mummin edi. "Jirona" bilan o‘yinda qizildan keyin usha pozitsiyadagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun himoyachii tushirmadi va Buskets xato qildi. "Leganes" bilan kechgan bellashuvda ham xato qarorlar o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. 

Suares "Barselona"dan ketishi uchun 4 ta sabab

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!